Motamsaro ona haykali poyiga tashrif
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich talabalari bilan Motamsaro ona haykali poyiga tashrif uyushtirdik. El-yurtimizning erki va ozodligi, baxtu saodati uchun hayotini qurbon qilgan Vatandoshlarimiz xotirasi hamisha barhayotdir. O‘zbekistonning xohlagan shahari, istalgan qishlog‘i yoxud ovulidan kelgan odam bu yerga kirib, qay bir yaqinining muborak nomini topadi, albatta.
1999 yil 9 mayidan e’tiboran bu maydon mamlakatimiz fuqarolarining qalbiga yaqin, o‘tganlar ruhi yodga olinadigan, duolar ijobat bo‘ladigan go‘shasiga – muqaddas makonga aylandi. Shundan buyon bu yer – ziyoratchilar bilan gavjum.
"Iqtisodiyot" fakulteti tyutorlari D. Egamova va G.Shodievalar axboroti
Universitet matbuot xizmati