TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Monash universiteti vakillari bilan navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida e’lon qilinganidek, Malayziyalik professor Norita Mohd Nasir tomonidan olib borilgan seminarda  “Atrof-muhit va iqtisodiy barqarorlik, ta’limda barqarorlik va barqaror hisobot” mavzularida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Monash Universitetida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlar va amaldagi loyihalar bo‘yicha universitetimizning “Iqtisodiyot” fakulteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari, tayanch doktorantlari va talabalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Juda qiziqarli savol-javoblar va muzokaralarga boy bo‘lgan seminarda “Iqtisodiyot”, “Buxgalteriya hisobi va audit” va “Ingliz tili” kafedralari professor-o‘qituvchilari loyihalar bo‘yicha tavsiyalar bilan faol qatnashdilar. Seminar yakunida professor Norita Binti Mohd Nasir bilan kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi va aziz mehmonga tashakkurnoma topshirildi.