Mohiyatli mentoring kursi
Joriy yil 30 maydan boshlab, TIQXMMI MTU «SXTE va B» fakultetining «Iqtisodiyot» kafedrasi, Germaniyaning Gissen Yustus-Liblix Universtiteti bilan o’zaro hamkorlikda “Fanlarni o’qitish metodikasini takomillashtirish mentoring” o’quv kursini tashkil etdi. Mazkur kurs doirasida Gissen Yustus-Liblix Universtiteti professor-o’qituvchi(professor Martin Petrik, d-r Nozila Muhamedova)lari va TIQXMMI MTU «SXTEvaB» fakultetining «Iqtisodiyot» kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 4 ta turdosh fanlar bo’yicha o’qitish metodikasini yanada takomillashtirish, o’quv materiallari bilan o’zaro almashish va takomillashtirish, undan tashqari kelgusida fanlarni o’qitish bo’yicha o’zaro tajribalarni almashish doirasida hamkorlik boshlashdi.
Mazkur mentoring kursi ayni vaqtda onlayn tarzda Zoom platformasi orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Mentoring kursida dastlab quyidagi 4 ta fanlar, jumladan, “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi”, “Atrof-muhit va resurlar iqtisodiyoti”, “Loyiha tahlili” va “Mikroiqtisodiyot” fanlari bo’yicha o’qitish metodikasini takomillashtirish rejalashtirilgan.
Kelgusida qolgan turdosh va o’xshash fanlarni ham takomillashtirish rejasi mavjud. Kuni kecha Iqtisodiyot kafedrasida ta’lim sifatini oshirish maqsadida onlayn ochiq muloqot o’tkazildi. Muloqotda Gissen Yustus-Liblix Universtiteti professor-o’qituvchi(professor Martin Petrik va Nozila Muhamedova ishtirok etdi.
Kafedraning yosh olimlari, professor-o’qituvchilari, magistrantlar va talabalar bilan suhbat o’tkazildi. Kafedra dosenti Iskandar Yunusov tomonidan taqdimot o’tkazildi. Kelgusida xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshiriladigan ishlar yanada rivojlantiriladi.
Universitet matbuot xizmati