TIQXMMI yangiliklari

img
01.04.2024

Mohiyatli mahorat darslari

Rivojlangan davlatlar tajribasini tahlil qiladigan bo’lsak, o’z mutaxassisligini a’lo darajada bilish, raqobatbardosh kadr sifatida faoliyat olib borish, yuqori kompetentlik va kreativlikka ega kadrlarni tayyorlash orqali aholining turmush darajasining yaxshilanishini ko’rish mumkin. Buning uchun ta’lim muassasalarida olib boriladigan mahorat darslari (master-klass) ning o’rni alohida ahamiyatga ega.

Professional ta’lim yo’nalishi talabalari, ya’ni bo’lajak o’qituvchilarga darsni mahorat ila olib borish, taqdim etilgan o’quv yoki ta’lim texnologiyasining asosiy g’oyalari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish, mahorat darsini yorqin namunasi namoyish etish (dars yoki darsdan tashqari tadbir shaklida), o’qituvchi ishidagi muammolar va istiqbollarni tinglovchilar bilan muhokama qilish kabi o’qituvchilik kasbining sirlari bilan tanishib bormoqdalar.

Worldskills ta’limi fani doirasida Professional ta’lim kafedrasi dotsenti Durdona Mustafoyeva tomonidan SXM (PT) yonalishi 313-guruh talabalari bilan Master-klass darslari otkazdi. Ushbu mashg’ulotda guruhning iqtidorli talabalari F.Xusnijonov, Z.Isamiddinova hamda S.Toshtemirovlar xorijiy tillarni tez o’zlashtirish, biser tikish san’ati hamda qog’ozdan “Origami” yasash sirlari bilan o’rtoqlashdilar.

Universitet matbuot xizmati