TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2022

Misrlik professorning ma'ruzasi

17 - mart kuni soat 10:00 da Misr arab Respublikasining Suvaysh kanali "San'at va gumanitar" fanlar fakulteti professori Rifat Abdullah Saliman Xuseyng "Ahmad ibn Tulun - the founder of the state of Tulunidov in Egypt (from Bukhara)" (Ahmad ibn Tulun Misrdagi Tuluniylar davlatining asoschisi (kelib chiqishi asli Buhorodan)  mavzusidagi ma'ruzasi bo'lib o'tdi.

Professor Rifat Huseyn Ahmad ibn Tulunning Misrdagi faoliyatini atroflicha tushuntirib o'tdi. Ahmad Ibn Tulun Misrda Tuluniylar davlatiga asos solgan va O'rta Sharqning katta hududlarida davlatchilik asoslarini barpo etgan. Hozirda Misrda Ahmad ibn Tulun tomonidan qurilgan masjid va boshqa osori atiqalar qolgan. Tuluniylarning Misr tarixidagi o'rni kattadir. Ma'ruza talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Ma'ruza so'ngida munozaralar va savol-javoblar bo'lib o'tdi.

TIQXMMI MTU GIM fakul'teti "Gumanitar fanlar" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati