TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2024

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovida

Mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Iqtidorli yoshlar uchun har yili o‘tkazilishi an’ana tusiga kirgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovlarida  Gidromelioratsiya fakultetining iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etishmoqda.

Joriy yilning may oyida start olgan tanlovning viloyat bosqichidan “Gidromelioratsiya” fakulteti “Hydroleaders” jamoasi a’zosi, 1- bosqich,  115 -guruh talabasi Adham Odilov, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi “Irrigator” ilmiy to‘garagi a’zosi, 3 - bosqich, 306 guruh talabasi Elbek Shafoatov va “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi “Evrika” ilmiy to‘garagi a’zosi 4 -bosqich 402 - guruh talabasi  Bunyodjon Toshtemirovlar  g‘olibligini qo‘lga kiritib Respublika bosqichiga yo‘llanmaga sazovor bo‘ldilar.

Albatta, bunday natijalar zaminida kafedralar qoshida tashkil etilgan ilmiy to‘garaklarning faoliyati to‘g’ri tashkil etilganligi va ilmiy rahbarlarning iqtidorli talabalar bilan tizimli ishlar olib borayotganini ko‘rsatadi. Talabalarga resbublika bosqichida ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Universitet matbuot xizmati