“Mintaqaviy suv va atrof-muhit loyihasi doirasida Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash” loyihasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 19 oktabr INNOWEEK-2023 haftaligi doirasida USAIDning ERAS II loyihasi “Orolbo‘yida qurg‘oqchilik, qum-chang bo‘ronlariga qarshi kurashish” mavzusida ikki tomonlama “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, asosiy strategik yo‘nalishlar va potensial harakatlarni aniqlash bo‘yicha O‘zbek-Qozoq ishchi guruhining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ishchi guruh yig‘ilishida ikki mamlakatning 50 dan ziyod Vazirlik va idoralar (PhD, DSc) fan doktorlari va fan nomzodlari, mutaxassislar shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda universitetimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi t.f.d. L.Samiyev va doktorant Sh.Akmalovlar ishtirok etishdi.
ERAS II loyihasi doirasida O‘zbek-Qozoq ishchi guruhi uchrashuvidan ko‘zlangan maqsad Orol dengizi fojeasining Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari bo‘yicha taʼsirini muvofiqlashtirish orqali suv resurslarini boshqarishni yaxshilash hamda qurg‘oqchilikka chidamli qishloq xo‘jaligi va yangi o‘rmon ekinlarini ekish orqali o‘rmonlarni kengaytirish, ekish amaliyoti bo‘yicha tajriba almashish, biologik xilma-xillikning yo‘qolishini oldini olishdan iborat. Ishchi guruh uchrashuvi davomida USAIDning ERAS-II loyihasi Orol dengizining qurigan tubi ekotizimini tiklash, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”, ERAS II loyihasi doirasida ikki tomonlama ishchi guruhining maqsadlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi va uchrashuv yakunida, ikki tomonlama samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda rejalashtirilayotgan istiqboldagi maqsad va vazifalarni belgilab oldilar.
Universitet matbuot xizmati