TIQXMMI yangiliklari

img
26.11.2021

Ming bor eshitgandan bir bor ko`rgan afzal

TIQXMMI “Yer resurslarini boshqarish” fakul`teti Geodeziya va geoinformatika hamda Yer  tuzish va yer kadastri yo'nalishi 3-kurs talabalari dots.O.Ro'ziqulova bilan birgalikda 25-noyabr kunu “Kartografiya va tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish” fanlaridan olgan nazariy bilimlarini Toshkent kartografiya fabrikasida amalda ko'rib, o'rganish maqsadida 5+1 doirasida sayohat uyushtirildi. O'zbekistonda kartografiya XX asr boshlaridan rivojlandi. 1934 - yilda O'rta Osiyo va Qozog'istonda yagona bo'lgan Toshkent Kartografiya fabrikasi tashkil etildi. Davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarini mavzuli, siyosiy-ma’muriy, ma’lumotnoma va o'quv kartalari va atlaslari bilan ta’minlash vazifasi ushbu fabrika zimmasiga yuklandi.

Kartfabrikada 2 va 4 rangli mashinalarda karta va atlaslarni hamda poligrafiya mahsulotlarini chop qilish jarayoni bilan tanishdilar. Hozirgi kunda O'zbekistonning barcha hududlari uchun topografik, obzor-topografik va obzor kartalar mavjud. Ular turli mavzudagi karta va atlaslarni tuzishda asos bo'lib xizmat qiladi. Talabalar Kartfabrika muzeyida ham bo'lishib, karta va atlaslarni yillar davomida taraqqiy etgan variantlarini ko'rishib, chegaralar, joy nomlari va aholi punktlari o'rtasidagi farqlarni solishtirdilar.  Ularda qadimga geodezik asboblar va ish qurollari katta qiziqish uyg'otdi. Hozirgi kunda turli karta tuzish dasturlarida ishlash jarayoni bilan ham yaqindan tanishdilar. Talabalar boy taassurotlar bilan qaytdilar. Oliy talim muassasasida olgan nazariy bilimlarini mustahkamladilar. “Ming bor eshitgandan bir bor ko`rgan afzal” ligiga yana bir bor amin bo`ldilar.

Geodeziya va geoinformatika kafedrasi dotsenti O.Ro'ziqulova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati