TIQXMMI yangiliklari

img
06.11.2023

Milliyligimiz har doim urfda          

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti  tyutorlari va universiteti psixologi M.K.Muhammedovalar tomonidan 1-Talabalar turar joyida talaba yoshlar oʻrtasida milliy libos va milliy raqslar haqida ma'lumot berish hamda milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat, ehtirom ruhini shakllantirish va "Milliy raqs"larimizni yoshlar orasida targ‘ib etish orqali negativ xususiyatlardan xalos bo‘lish maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda bugungi zamonda chet el davlatlaridan “ommaviy madaniyat” sifatida kirib kelayotgan mentalitetimizga mos kelmaydigan liboslarning urfga kirib borayotgani, milliy liboslarimizga bo'lgan e'tibor esa bir oz pasaygani, libos nafaqat, insonga ko'rk bag'ishlashi, balki insonning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe'l-atvori, ma'naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini namoyon etuvchi vositalardan biri hisoblanishi haqida so'z yuritildi. Shu ma'noda, universitetimizda talaba yoshlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasb-hunarga o'rgatish, kiyinish va muomala madaniyatini yuksaltirish, ongi va qalbini g'oyaviy tahdidlardan himoya qilish, oilaviy hayotga tayyorlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Tadbirda talaba yoshlarimizning qalblarida milliy raqslarni targ‘ib etish maqsadida" Dilxiroj" kuyiga raqs sahnalashtirildi va ijro etildi. Yig‘ilish ishtirokchilari tadbir davomida "milliy liboslar"," milliy raqslar" to‘g‘risida beqiyos maʼlumotlarga ega bo‘lish bilan birgalikda madaniy hordiq chiqarishgan holda tadbir yajuniga etdi. 

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati