TIQXMMI yangiliklari

img
13.10.2023

Milliy taom tayyorlash

Joriy yilning 12-oktyabrida  «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqotlar universtiteti "Iqtisodiyot" fakulteti 1-bosqich 105-guruh talaba qizlari bilan guruh tyutori Gulbahor Shodiyeva boshchiligida milliy taomlarimizdan biri hisoblangan somsalarni o'z qo'llari bilan tayyorlashdi. Aytib o'tish kerak ushbu tadbir yotoqxonaning oshxonasida bo'lib o'tdi va buning uchun barcha sharoitlar mavjud edi. Tadbir davomida madaniy hordiq chiqardik va vaqtimiz maroqli o'tdi. Talaba qizlarimiz bilan o'zbek milliy taomlarimizga kiradigan osh, norin, xonim va boshqa taomlarni shunday tadbir ko'rinishida tayyorlashni rejalashtirdik.       

               “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlari Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati