TIQXMMI yangiliklari

img
09.11.2023

Universitetimiz faxriy professor- o‘qituvchilarinng Yevrosiyo Milliy universitetiga tashrifi

“TIQXMMI” O‘zbekiston Milliy tadqiqot universiteti “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent Gulnoza Sobirova, dotsent Barnoxon Samatova va katta o‘qituvchisi Kamola Alautdinovalar kuni kecha Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida joylashgan L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. “Chet tillari nazariyasi va praktikasi” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalri uchun seminar-treninglar o‘tib o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytishganlaridan mamnunmiz. Yevrosiyo Milliy universitetiga – Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida maxsus maqomga va yetarlicha yuqori xalqaro nufuzga ega boʻlgan, akademik innovatsion texnologiyalarni joriy qiluvchi va davom ettiruvchi universitetdir. YMU – Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida olingan alohida maqomga ega va yetarlicha yuqori xalqaro nufuzga ega universitet; u akademik innovatsion texnologiyalarni amalga oshiruvchi va eng yaxshi tadqiqot an'analarining davomchisi hisoblanadi.

Xalqaro hamkorlik Yevropa Ittifoqi, AQSh va Okeaniya, Osiyo va Afrika, MDH davlatlarining xorijiy institutlari, tahlil markazlari va boshqa tadqiqot tashkilotlari, shuningdek, xalqaro tadqiqot va ta’lim jamg‘armalari, elchixonalari va vakolatxonalari bilan tuzilgan 130 ta shartnoma asosida amalga oshirilmoqda. YMU MDH mamlakatlari Net universiteti va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) universitetlarida ikki diplomli magistratura bosqichini yoʻlga qoʻygan birinchi qozoq universiteti boʻldi. ENU nafaqat Qozog‘istonda, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosda ham oliy ta’lim sohasida yetakchilardan biri hisoblanadi. Universitet erishgan yutuqlar xalqaro taʼlim maydonida eʼtirof etilgan va Quacquarelli Symonds (277), Times Higher Education, UI Greenmetric, URAP, RUR va boshqalar boʻyicha jahon universitetlari reytingida qayd etilgan. ​Faxriy professor-o‘qituvchilarimiz bakalavriatning yakuniy bosqichi talabalariga ixtisoslashtirilgan o‘qitish metodikasi va chet tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar.

Ularning tashrifi dasturidan “Milliy Tadqiqot Universitetiga xush kelibsiz” mavzusidagi seminar ham o‘rin olgan bo‘lib, unda chet tillar nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari akademik mobillik dasturida ishtirok etish va Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurish istagini bildirgan talabalar uchun beriladigan imkoniyatlar va Universitetimiz yutuqlari va loyigalri haqidagi fikrlar almashindi. Bundan tashqari ushbu tashrif damovida Fakultet dekani Ardak Beysenbay va xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Anastasiya Karmelyuk bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ikki universitet oʻrtasidagi ushbu hamkorlikning asosiy maqsadlaridan biri qoʻshma ilmiy nashrlar bilan shugʻullanish, ikki darajali taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va QS reytingida ishtirok etish imkoniyatlarini oʻrganishdan iborat. Ushbu tajriba almashish va akademik hamkorlikka o'zaro manfaatdorlik ikki institut o'rtasidagi samarali va samarali hamkorlikka asos yaratadi.