TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

Milliy qadriyatlar - millat ma’naviyatining ko'zgusi

     Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi,  jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Buyuk ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan bebaho ma'naviy  boylik-asl qadriyatlarimizning sarchashmalaridir.

     Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari bugungi davr yoshlari uchun o'ziga xos hayot maktabiga aylangan. Joriy yilning 5- oktyabr kuni "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi  Ra'no Kodirova fakultetning 106- guruh talabalari bilan Milliy qadriyatlar-  millat  ma'naviyatining ko'zgusi mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdi.

      Talabalarimizga  reja asosida o'tilgan "Milliy qadriyatlar- millat iftixori " mavzusidagi darsimizni erkin mavzuda Milliy qadriyatlarimizdan bittasini o'rganib tayyorlab kelib,  betakror fazilatlarga boy qadriyatlarimiz namunalalarini namoyish etishdi . Talabalarimiz milliy qadriyatlarimizni o'rganib, his etganlari sari qalblari iftixor tuyg'si ila jo'sh urdi.

"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati