TIQXMMI yangiliklari

img
14.02.2024

Milliy ma’naviyatimiz dahosi

2024 yil 13 fevral kuni TIQXMMI MTU  “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 1 - Talabalar turar joyida  TTJ direktori N.Turaqulova, "Gumanitar fanlar" kafedrasi dotsenti X.Botirova ishtirokida “Milliy ma’naviyatimiz dahosi” mavzusida Buyuk mutafakkir va davlat arbobi Hazrat Mir Alisher Navoiyning odob-axloq mavzusidagi asarlari, hayot va ijod yo‘li, haqida davra suhbati tashkil etildi. Davra suxbatida so‘z olganlar  Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biri ekanligi uning odob - axloq mavzusidagi asarlari har vaqtda dolzarb ahamiyat kasb etishi, bizga insoniylik, yaxshilik, do‘stlik, mehru vafo, bilim va ma’rifat ziyolarini tarayotgani uchun «Milliy ma’naviyat dahosi» ga ta’zim qilamiz. Tadbirda talaba qizlarimiz tomonidan  tomonidan Alisher Navoiyga mansub g‘azallar hamda ruboiylar o‘qildi. O‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy mazmundagi bunday tadbirlar, davra suhbatlari talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda o‘z samarasini bermoqda. Tadbir barcha qatnashuvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati