TIQXMMI yangiliklari

img
04.04.2024

Milliy liboslar- millat kozgusi

Joriy yilning 3-aprel kuni "Iqtisodiyot" fakultetida "Milliy libos- milliy iftixor ifodasi" shiori ostida tantanali bayram festivali o'tkazildi.

Tadbirda erta tongdan fakultetning professor - o'qituvchilari, xodimlar, talabalar milliy liboslarda tashrif buyurdilar. B-bino hovlisi milliy kashtalar, adraslar, so'zanalar milliy buyumlar bilan bayramona bezatilgan, tashkil etilgan milliy liboslar yarmarkalari yanada ko'rk bag'ishlab turibdi. Tadbirimizga Yoshlar masalalari va ma'naviy -marify ishlar bo'yicha prorektor Ruzimurat Choriyevning tashriflari yanada fayz bag'ishladi.

Tadbirni soat 10:30 da Modalar namoyishi, milliy liboslar namoyishi boshlab berdi. Bir biridan go'zal, bir-biridan chiroyli milliy liboslarda talaba qizlarimiz sahnada namoyon bo'lishdi. Maxsus yo'lak bo'ylab aylanib, go'zal milliy liboslarni namoyish etadilar.

Shundan so'ng, davrada milliy laparlarimiz yangradi. Fakultetning faol talabasi Duysunbayeva Damira milliy taronalarga raqsga tushib, barchani raqsga chorladi.

Talabalarning milliy laparlarimizdan "Kim oladi - yo shuginani..." qo'shig'ini quvnoq raqsi bilan ijro etishlari ishtirokchilarga quvonch, zavq bag'ishladi Tadbirda fakultet jamoasi zavqu shavq bilan sho'x taronalarga raqsga tushdilar.

Tadbirdan asosiy maqsad yosh avlodni Vatanga, milliy qadriyatlariga, milliy liboslarimizga bo'lgan buyuk muhabbat ruhida tarbiyalash, qalblarida milliy liboslarga nisbatan muhabbat uygo'tishdir.

Tadbirni quvnoq, go'zal, zavqu shavq bilan o'tganligidan maqsadimizga erishishganimiz ko’rinb turibdi Tadbirda hammada o'zgacha go'zallik, shodu xurramlik hukmron bo'ldi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati