TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2024

Milliy liboslar haftaligi

2024-yil 28-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil  21-fevraldagi  15-sonli bayonnomasining 18-bandiga asosan  yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz  ruhida tarbiyalash maqsadida  qoida tariqasida  har oyning oxirgi haftasini “Milliy liboslari haftaligi ” deb belgilanganligi munosabati bilan  «Yer resurslari va kadastr» fakultetida “Milliy liboslar –”ko’rik-tanlov shaklida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Bizga ma’lumki, Milliyligimizning  bir ko’rinishi – liboslarimiz xayolimizda jonlanadi. Va milliy bayramimizda shu kiyimlarni kiysak, bizga yarashadi yoki hech kim e’tiroz bildirmaydi, boshqalarda hayrat uyg’otmaydi, deb o’ylaymiz.

Ayniqsa, keyingi vaqtlarda milliy liboslarimizga yana qiziqish kuchaymoqda. Faqat to’y, tantanalarda emas, oddiy kunlarda ham qizlarimiz va  ayollarimiz milliy liboslarda ko’rinishmoqda.

O’zbekona kiyinish madaniyatini targ’ib qilish, zamonaviy kiyinishda o’zbekona sharm-hayo me’yorlariga amal qilish, milliy an’analarimizni keng targ’ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos bo’lmagan kiyinish uslublariga taqlidning oldini olish, yoshlarda milliy kiyinish madaniyatini shakllantirish, oliy ta’lim muassasasida kiyinish odobi va me’yorlariga rioya qilishdir.

   Bugungi “Milliy liboslar haftaligida” Universitetimiz xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi Z.Ismoilova, , “YER tuzish fakulteti” xotin-qizlari masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova , “Yoshlar bilan bo’yicha ” dekan o’rinbosari X.Eshova va talalaba qizlari faol qatnashdilar va milliy  liboslarni namoyish qildilar. Tadbir tashkilotchilari ushbu tadbirni tashkil etish va o’tkazishdagi ishtiroki uchun xotin-qizlar tashkilotlari rahbarlari, barcha ustozlar va talabalarga o’z minnatdorchiliklarini bildiradilar.

 

Universitet matbuot xizmati