TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

Milliy liboslar-faxrimiz, g'ururimiz      

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil  21-fevraldagi  15-sonli bayonnomasining 18-bandiga asosan  yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz  ruhida tarbiyalash maqsadida  qoida tariqasida  har oyning oxirgi haftasini “Milliy liboslari haftaligi” deb belgilanganligi munosabati bilan joriy yilning 29 mart kuni «Gidrotexnika qurilishi» fakultetida “Milliy liboslar” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 

Ushbu tadbir qizlarimiz qalbida milliy iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, qadimiy urf-odat va an'analarga nisbatan hurmat, extirom va e'tibor uyg‘otish, momolarimizga xos o‘zbekona did va nafislik xususiyatlarini shakllantirish hamda keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Milliy liboslar jozibasini talaba qizlar  o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli tadbir ishtirokchilariga liboslar tarixi haqida ma'lumot berishni oʻrinli deb topdik. Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lib, u milliy o'ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi. Dunyo tarixida kiyim insoniyat taraqqiyotining eng qadim davrlarida, ya'ni 40-25 ming yil ilgari paydo bo'lgan bo'lib, ularda xalqning moddiy ahvoli, kishilarning didi, go'zallik va nafosatga bo'lgan intilishlari yaqqol namoyon bo'ladi. Mintaqamizdagi iqlim, shart-sharoit va ko'p yillik tarixga ega e'tiqodimiz asosida o'ziga xos milliy liboslarimiz shakllanib kelgan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko'rkini, balki ma'naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o'rnimizni ham namoyon etadi. Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib o'tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so'zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targ'ib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati