Milliy libos - millat ziynati
Joriy yilning 28 - sentabr sanasida “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova, hamda tyutorlar G. Axmedjanova, D. Axrarovalar boshchiligida 1 -bosqich talaba-qizlari bilan birgalikda “Milliy libos – millat ziynati” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligi, milliy liboslarimizda qizlarimizga mos ibo va hayo aks etganligi haqida gapirdi.
“Atlas” so’zi arab tilidan tarjima qilganda tekis, silliq degan ma`noni anglatadi. U tanda ipi ham, arqon ipi ham tabiiy ipakdan to‘qiladigan bir yuzlama silliq mato hisoblanadi. Alohida ishlov berib atlasga jilo beriladi, shunga ko‘ra u tovlanib turadi. Bizning milliy kiyimlarimiz dunyoning qay burchagida bo‘lmasin, har qanday xalqning havasini keltirib o‘ziga mahliyo qiladi. Milliy liboslar jozibasini talaba qizlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Chiroyimizga chiroy, ko‘rkimizga ko‘rk qo‘shadigan milliy liboslarimiz qadrini baland tutaylik.
"Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati