Milliy kutubxonadagi qiziqarli tadbir
Joriy yilning 27 - fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining adabiyotga, she’riyatga, kitobxonlikka qiziqqan iqtidorli talabalari Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi. Bu yerda ular moderator sifatida universitetimiz matbuot kotibi professor R. Jumaniyozov davraniboshqarib bordi. Tarix fanlari doktori, professor Rahmon Farmonovning “Shoh, shoir va diplomat” deb nomlangan kitobining taqdimotida qatnashishdi. Kitobning taqdimoti nufuzli olimlar ishtirokida bo’lib o‘tdi. Har bir so‘zga chiqqan olimlar kitobda Boburning hayotiy faoliyati va diplomatik mahoratiga ega ekanligi, unda juda ham chiroyli tasvirlanganligi haqida ijobiy fikr va mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda kitob muallifining oila a’zolari ham ishtirok etishdi, ayniqsa qizlari falsafa fanlari doktori Dilnavoz Yusupovaning kitobning yozilish tarixi, otasi to‘g‘risidagi chiroyli fikrlari hammani o‘ziga jalb qildi.
Tadbir muallif Rahmon Farmonovning kitobning yaratilish tarixi haqidagi ichki kechinmalarini so‘zlab berishi bilan yakunlandi.
“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova hamda “Energetika” fakulteti tyutori D. Xudoynazarovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati