Milliy genofondni asrash va yoshlarni sog‘ligini ta’minlash
2022 yil 31 may kuni Fakultet dekan B.B.Hasanov, tadbirda ishtokchilarini tanishtirib Respublikamiz hududlarida Yoshlar o‘rtasida tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari hamda psixotrop moddalarini iste’mol qilish holatlarining nisbattan ko‘payganligi buning natijasida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oshib borishi, yoshlarda huquqiy madaniyat va huquqiy ongning pastligi sabablari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida psixotropik moddalar iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar jamiyat taraqqiyoti uchun zararli illat ekanligi bilan bog‘liq hayotiy fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. M.Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi A.M.Berdiev, tamaki mahsulotlarining tarqatilish va ularni cheklash to‘g‘risida Davlat tomonidan tamaki mahsulotlari yetishtirish va ularni sotuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha turli cheklovlar qo‘yilganligi, shunga qaramay bu mahsulotni Butun jahon bo‘yicha yetishtirilishi va uning iste’moli, uning inson salomaligiga bo‘lgan salbiy oqibatlari bo‘yicha talabalarga ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zMTDP Markaziy Kengashi O‘quv uslubiy va tadqiqot markazi direktori, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, N. Abulxasan tamaki mahsulotlari, narkotik moddalarning iste’mol qilinishi inson salomatligiga salbiy ta’sirlari, bu mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida statistik ma’lumotlarga ko‘ra bir yilda Dunyo bo‘yicha qancha insoning vafot etishi, qancha tug‘ilayotgan chaqaloqlarning nogiron tug‘ilishi va qanchadan-qancha insonlarning kasalmand bo‘lib bo‘lib qolishi haqida talabalarga tushuntirib o‘tdi.
M.Ulug‘bek tuman IIOFMB YoMB katta inspektor, podpolkovnik, B.F.Xasanov so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida psixotropik moddalarning iste’mol qilish va sotish bilan bog‘liq jinoyatlarning keng tarqalib borayotganligi, psixotropik moddalarning inson salomatligi va hayotiga juda xavfli ekanligi, buning oqibatida qanchadan qancha yoshlarning hayoti izdan chiqishi oilasi va jamiyatga katta xavf solishi bilan bog‘liq jarayonlarni statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilib, tushuntirib o‘tdi. Psixotrop moddalarni iste’mol qilish, sotish va tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunchiligida belgilangan jazolarning mohiyati va jazo muqarrarligi xususida yoshlarga tushuntirish berib o‘tdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi, ma’ruzachilarga mavzu yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
Universitet matbuot xizmati