Milliy an'analar - ma'naviyatimiz o'zagi
Joriy yilning 23-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova hamda “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar hamkorlikda "D" korpus 101-xonada “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-bosqich talaba qizlari bilan “Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarimizning o'rni” mavzuida davra suhbati o‘tkazdilar. Ma'naviyatimizning o'zagi milliy– an'analarimiz oila bag'rida, mahalla ostonasida shakllanib kamol topgan bo'lib, asrlar davomida ajdodlarimizdan avlodlarga meros sifatida yetib kelgan urf- odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an'analarimiz ham milliyligimiz ramzi bo'lib, katta qadrga egadir.
Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanganligi bois, ularga har doim milliylik tuyg'usini singdirib borish pedagoglar, ota-onalar va mahalla ko'yning vazifasi hisoblanadi. Bugungi o'tkazilgan yig'ilishda yosh talaba qizlarimiz uchun manfaatli bo'ladigan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda milliy kiyimlarni kiyib, milliy taqinchoqlarni taqib olgan qizlarimizning hayajonlarini ta'riflashga so'z ojiz. Yig'ilishda barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar. Xulosa o'rnida ta'kidlab o'tadigan bo'lsak, milliy urf odatlarimiz va an'analarimizni yoshlar ongiga singdirish, ularning ma'naviy dunyosining shakllanishiga, Vatanparvarlik tuyg'usining oshishiga zamin yaratar ekan. Shunday ekan, biz kattalar, yoshlarimiz ongiga milliy qadriyatlarimizni singdirib borish bilan, ajdodlar an'analarini avlodlar davom etishi zanjiri uzluksizligini ta'minlagan bo'lamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovalar axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati