TIQXMMI yangiliklari

img
24.10.2022

Millatning ruhi va taqdiri unda

        Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi hama tarixiy taqdiridir. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan "Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti talabalari hamda professot-o`qituvchilari ishtirokida “Ona tili – bu millatning ruhidir...” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

     Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyshmasi a'zosi va bo`lim boshlig`i taniqli shoira Farog`at Xudoyqulova ishtirok etdi. Davra suhbatida o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart – sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida qilinayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

                   Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati