Millatlari totuv mamlakat
Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi. 130 dan ortiq millat vakillari birgalikda tinch-totuv yashayotgan yurtimizda ham millatlararo totuvlik, bag’rikenglik hukm surmoqda. Kuni kecha Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida bo’lib o’tgan “O’zbekiston-millatlararo bag’rikenglik, totuvlik mamlakati” nomli tadbir buning yaqqol misolidir. Tadbirda O’zbekistondagi turkman milliy madaniyat markazi rahbari Guldana Avezdurdiyeva, xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi Oguljahan Durdiyeva, Yoshlar radiosining turkman tilida olib boriladigan eshittirishlar muallifi va boshlovchisi Kamoliddin Muxonov mehmon sifatida ishtirok etdilar. Mehmonlar O’zbekistonda turkmanlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirar ekanlar O’zbekistonni barcha turkiy xalqlar uchun ko’prik vazifasini o’tovchi bag’rikeng yurt deya aytib o’tdilar. Ularning yurak-yuraklaridan chiqayotgan so’zlarida, yuzlaridagi hayajonda yurtimizga, bag’rikeng o’zbek millatiga minnatdorlik hissi aks etib turibdi.
Tadbir davomida Kamoliddin Muxonov turkman tilida, jonli ijroda qo’shiqlar kuylashi, Muhammad Yusufning "Turkman qizi" she’rining yod olingani, o’zbek-turkman do’stligi haqidagi hikoyalar tadbirga yanada ko’tarinki ruh baxsh etdi. Talabalar va tyutorlar jamoasi o’z savol va takliflari bilan mehmonlarimizga yuzlandilar. Davra suhbati tarzida o’tkazilgan ushbu tadbir kelajakda O’zbekistondagi turkman milliy madaniyat markazi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birgalikda o’tkazadigan madaniy tadbirlarning debochasi desak adashmagan bo’lamiz.Tadbirni yoritishda O'zbekiston Milliy universiteti jurnalistia fakultetining amaliyotchi talabalari - institumiz matbuot xizmatining iqtidorli muxbirlari Dinora Xo‘jayeva va Muxlisa Abdujalilovalar fidoyilik namunalarini namoyish etishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati