TIQXMMI yangiliklari

img
05.11.2022

Millatlararo do'stlik tarannumi

         Dunyoda doʻstlik eng aziz neʼmatlardan biri hisoblanishi bejiz emas. Negaki, bu tuygʻu millati, tili, joylashgan hududidan qatʼi nazar, xalqlarni bir-biri bilan yaqinlashtiradi, ular oʻrtasida maʼnaviy koʻpriklar yaratadi. Do'stlik insonlarni yaqinlashtiruvchi, millatlar va davlatlar o’rtasidagi mustahkam hamkorlikni yuzaga keltiruvchi omillardandir.

            Joriy yilning 3 noyabr kuni  "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda muxtor elchisi janob Guseyn Guliyev va rafiqasining taklifiga ko'ra "Hyatt Regence" mehmonxonasida o'tkazilgan "Ozarbayjon mustaqilligini tiklanishi" va Vatan urushidagi g'alabasiga bag'ishlangan tantanali qabulda ishtirok etdilar.

            Tantanali qabulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev , Respublikamizdagi elchixonalarning  elchilari va yozuvchilar uyushmasi vakillari ishtirok etdilar. Tantanali qabul ko'tarinki ruh, oliy darajada go'zal o'tdi.

"Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati