“Mening sevimli kitobim”
Bugun 25 yanvar “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 102 – 108 guruh kitobsevar talabalari bilan “Mening sevimli kitobim” tanlovi o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani U. Alimov talabalarga kitob haqida motivatsion nutqi bilan ochib berdi. Tadbirni 108-guruh talabasi F. Abdumajitova olib bordi. Tadbirda talabalar o‘zlarining sevimli kitoblari haqida so‘zlab berishdi.
Tanlovda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari tahlil qilindi. Chunki bu asar xalqimizning eng sevimli romani bo‘lib, unda muhabbat, o‘zaro insoniy munosabatlar va ishonch, vatanparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topgan. Shu sababdan ushbu asarni yoshlar tomonidan sevib o‘qilishi bejizmasligini ko‘rish mumkin. Ushbu asar yuzasidan iborat savol-javoblar juda qiziqarli bo‘lib, bahs va muhokamalarga boy bo‘ldi. Tanlov yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni 102-guruh talabasi D.Sapoev, 2-o‘rinni 108-guruh talabasi M.Akbaralieva,3-o‘rinni 102-guruh talabasi G.Abdullaeva va 108-guruh talabalari M.Azimjonovlar qo‘lga kiritishda.N.Eraliev va R.Raxmatillaevalar ham faol qatnashganliklari uchun taqdirlandilar.Tanlov g‘oliblariga esdalik sovg‘alar va kitoblar bilan topshirildi. Tadbir oxirida fakultet dekan muovini J.Turdiev so‘zga chiqib, talabalarga yana bir bor o‘zining kitobxonlik haqidagi kerakli tavsiyalarini berdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati