TIQXMMI yangiliklari

img
24.01.2024

Mening sevimli kitobim

Joriy yilning 23 yanvar kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori D.Axrarovalar  “Gidromelioratsiya ” fakulteti binosi 3-zalida “Gidromelioratsiya ” fakulteti 1-kurs SXM va ATBR yo'nalishi talaba yoshlari bilan “Biz kitob o'qishni sevamiz!!!” shiori ostida seminar trening tashkil etdilar. Seminar trening  talabalarni “Mening sevimli kitobim” ko'rik-tanloviga psixologik tayyorlash hamda kitob mutoalaa qilishning inson ruhiyatiga ijobiy ta'siri haqida qiziqarli ma'lumotlar berish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda universitet psixologi M.K.Muhammedova o'z nutqida jumladan: “Mutolaa insonning dunyoqarashini kengaytiradi, tasavvurini rivojlantiradi; muntazam kitob o'qigan odam nafaqat savodli, balki o'z fikrini aniq, chiroyli va ravshan ifodalashga imkon beradigan nutq qobiliyatlarini yuqori saviyada rivojlantiradi; o'qish tafakkurni rivojlantiradi: kitob o'qiyotganda insonning miyasi faol ishlaydi u yoki bu g'oyani tushunish uchun miyada bilishga oid javob beruvchi barcha o'choqlar faol ishlaydi va natijada xotirani rivojlantiradi, diqqatni jamlashni kuchaytiradi, so'z boyligini oshiradi va hozirgi tezlik asridagi zamonda ko'pchilik insonlarni chetlab o'tmagan stresslardan xalos etib, tiniqib dam olishga, uyqusizlikdan qutulishga yordam beradi. Bundan tashqari Kitob o'qish qalbni yumshatib o'zgalarning his-tuyg'ularini tushunishga imkon beradi; tushkunlik kayfiyatini oldini oladi; chet tilini oson o'zlashtirishga, yozuvchilik qobiliyatini o'stirshga, grammatik xatolardan qutulishga, empatik eshitishni kuchayishiga, kreativlikning rivojlanishiga, darslarni yaxshi o'zlashtirishga, jinoyatchilikning oldini olishga, Altsgeymer xastaligini oldini olishga; oilaviy tarzda kitob o'qish esa – ota-onalar va bolalarning o'zaro munosabatlarini yaxshilashga yordam beruvchi asosiy omildir”, deya kitob mutolaasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdi.

“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori D.Axrarova talaba yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-ma'naviy merosimizga hurmat va sadoqatli qilib tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishlarida ko'maklashish, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag'batlantirish, ularning o'z aql-zakovatlarini namoyon etishga ko'maklashish, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o'zbek va jahon adabiyotlarining sara asarlariga mehr uyg'otish maqsadida yig'ilish ishtirokchilariga “Mening sevimli kitobim” ko'rik-tanlovi o'tkazilishi va bu tanlovda ishtirok etgan talaba yoshlarga rag'bat berilishi haqida so'z yuritdi. Tadbirning so'nggi qismi savol-javoblardan iborat tarzda kechdi va bunda Enajon, Dostonbek, Asatilla, Islom hamda Djaniyalar faol ishtirok etishdi. Seminarda faol qatnashib eng ko'p kitob o'qigan talaba yoshlardan Enajon va Dostonbeklarga Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi M.Yarbekova tomonidan “Tashakkurnoma” topshirildi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova va “GM” fakulteti tyutori D.Axrarovalar  axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati