TIQXMMI yangiliklari

img
22.09.2023

Men o‘z kelajagimni korrupsiyasiz quraman

 

2023-yil 22-sentabr kuni “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov,“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani SH.Narbayev, universitet huquq targ‘ibot maskani profilaktika katta inspektori A.Ubaydullayevlar ishtirokida universitetning “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Men o‘z kelajagimni korrupsiyasiz quraman” mavzusida tadbir va  korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

  

Fakultet dekani SH.Narbayev talabalarga “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparovni tanishtirdi, A.Gapparov ushbu bo‘lim faoliyati, vazifalari, korrupsiyaga qarshi kurash siyosatini shakllantirish borasida vakolatli organlar va korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishini oldini olishda nazorat tizimlari to‘grisida talabalarga batafsil ma’lumotlar berildi.

A.U.Gapparov talabalarga “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “2784-modda. Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “211-modda. Pora berish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga bo‘lim boshlig'i tomonidan javob berildi. Fakultet dekani SH.Narbayev tadbir so‘ngida, talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga fakultet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.


“Kompleans nazorat” tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi

Karimjonov Izzatullo axboroti.