Men borliqning duru gavhariman
Joriy yilning 11-aprel kuni 4-TTJ GM fakulteti talaba qizlari bilan GM fakulteti tyutori D.Egamova va universitet psixologi M.K. Muxamedova qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Orasta qiz – jamiyat ko'rki” mavzuida tadbir o'tkazishdi.
Tadbirda qiz bola gigiyenasi, kiyim javoni qanday bo'lishi, kiyim tanlash, kiyinish madaniyati, o'zaro ijtimoiy munosabatlar, muomala madaniyati haqida so'z yuritildi.
Ishtirokchilarning zerikib qolmasliklarini inobatga olgan holda psixologik treninglar bilan tadbir davom ettirildi.
Ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishga mo'ljallangan “Menga sizning ....... yoqadi”, qizlarimizning saranjom sarishtaligini qay darajada ekanini bilishga mo'ljallangan “A dan Ya gacha”, o'z - o'ziga bahoni ohirishga mo'ljallangan “Men borliqning duru gavhariman”, go'zal qomatga ega bo'lishga mo'ljallangan “Energizator” kabi o'yin va mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tadbir ishtirokchilarda katta taassurotlar uyg'ota olgan holda o'z yakuniga yetdi.
"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati