Melioratsiya obyektlarida ilmiy kuzatuv
«Irrigatsiya va melioratsiya» kafedrasi dotsentlari Mamataliyev A.B., Botirov Sh. Ch., ass. Mardiyev Sh.H. Jizzax viloyatidagi melioratsiya obyektlariga tashrif buyurishdi. Tashrifda “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” yo‘nalishi talabasi Abdujalilov X.F. ham ishtirok etdi.
Bu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4801-son qarorida keltirilgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalariga Ilmiy texnik xulosa berish hamda ishni bajarish jarayonida kuzatish ishlarini olib borish bo‘yicha “Jizzaxsuvqurilishinvest” Davlat muassasasi bilan “Zomin, Zarbdor, Paxtakor va Sh.Rashidov tumanlari hududlaridan o‘tuvchi Jizzax bosh magistral kollektorining PK342+00 dan PK542+00 gacha qismini rekonstruktsiya qilish (2-bosqich)” va “Paxtakor tumanining "Oqbuloq" va "Baxmal" FXHUlari hududida kollektorlarni qurish va rekonstruksiya qilish” mavzularida tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshirildi.
Xizmat safari vaqtida jamoaga “Jizzaxsuvqurilishinvest” Davlat muassasasi direktori oʼrinbosari Eshonqulov Baxrom, obyekting texnik nazoratchisi Baxromov Oʼralboy hamda Meliorativ ekspeditsiya xodimi Ergashov Xusniddin hamrohlik qildi. Ular bilan birgalikda olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlarining bajarilishi koʼzdan kechirildi, kollektornig hosil qilingan parametrlarining ishchi loyihaga mosligi tekshirildi. Kuzatish ishlari natijalari bo‘yicha fikrlar joydagi xodimlar bilan muhokama qilindi. Kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati