TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2021

Mehrdan ulug` nishon yo`q

Xalqimizning tabiati va tiynatiga xos bo`lgan umumbashariy qadriyatlardan biri ijtimoiy himoyaga muhtojlarga muruvvat ko`rsatish ularning holidan xabar olishdir. Ayniqsa, bu holat 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni arafasida yaqqol namoyon bo`ladi. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad nogiron, ko`ngli yarim yurtdoshlarimizga ular doim e`tibor markazida turishlarini uqtirish va qalblarida o`zlariga bo`lgan ishonchni uyg`otishdir.

Shu munosabat bilan Olmazor tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar ta`lim oluvchi 106 - sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari uchun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti rahbariyati hamda institut yoshlar ittifoqi jamoasi tashabbusi bilan “Mehrli qo’llar mehr ulashmoqda” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda Yer resurslarini boshqarish fakulteti bir guruh tashabbuskor talabalari va xodimlari  o’quvchilarning ko’nglini ko’taruvchi she’riy va musiqali chiqishlari bilan ishtirok etib bolajonlarni xursand qilishdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilariga o’quv qurollari va esdalik sovg’alari tuhfa etildi. Maktab o’quvchilari tomonidan ijro qilingan kuy-qo’shiqlar, davraga ko’tarinki ruh va o’zgacha zavq bag’ishladi. Insonlarga mehr ulashish, ularga bir lahzalik shodlik baxsh etish insoniylikning oliy ko’rinishidir, shu boisdan barchani bir-biriga mehrli bo’lishi tilakdoshimiz.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati