TIQXMMI yangiliklari

img
06.12.2021

Mehr va e'tibor mujassam

Nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilashga dunyo miqyosida e’tibor qaratish maqsadida BMT tomonidan 1983–1992-yillar Xalqaro nogironlar oʻn yilligi deb belgilangan edi. Mazkur oʻn yillik yakunida (1992-yilning 14-oktabr kuni) BMT Bosh Assambleyasining 37-yalpi majlisida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni deb e’lon qilingan.

Ushbu kun munosabati bilan 33-sonli “Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab” ga TIQXMMI Qarshi filiali Yoshlar yetakchisi O‘.To‘xtayev, “Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash” fakulteti dekan o‘rinbosari B.Niyozova, Umumtexnik fanlar kafedrasi assistent N.Amirqulova hamda faol talabalar tashrif buyurishdi.Tadbir davomida iqtidorli talabalarimiz tomonidan raqs, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. So‘ngra har bir sinf xonalariga kirib, filial rahbaryati tomonidan maktab o‘quvchilariga xursandchilik ulashish maqsadida esdalik sovg‘alari, kitoblar topshirildi.

Filial axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati