Mehr ulashildi
2022 yilning 30–dekabr kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan o‘rinbosari, tyutori va 1-kurs talabasi Bo‘riev Ilyosbek Yashnaobod tumanidagi 30–sonli “Mehribonlik uyi”ga tashrif uyishtirishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tengdoshlaridan ajralmagan holda ta’lim-tarbiya olishlari va jamiyatimizning bir bo‘lagi ekanliklarini his ettirish hamda ularni ko‘nglini ko‘tarish bo‘ldi. Tashrif davomida muassasaning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur muassasa tarbiyalanuvchilariga bayram dasturxoni yozildi va konsert dasturi o‘tkazildi. Bolalarni kayfiyatini ko‘tarish uchun shirinliklar har bir sinflarga kirib tarqatildi. Muassasa tarbiyachilari, ustozlar va direktori bilan do‘stona va hamjihatlikda ish tutildi. Kelgusida shunga o‘xshash tadbirlarni yanada kengroq tashkil qilishni maktab direktori bilan kelishib olindi. Tashrif so‘ngida bolalar tomonidan samimiy minnatdorchilik va rahbariyatning tashakkurlari bildirildi.
Universitet matbuot xizmati