Mehmonlar bilan oʻtilgan ajoyib dars
Joriy yilning 17-noyabr Payshanba kuni roppa-rosa soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" oʻquv kursi start oldi. Dars jarayonlari "Turon bank"xonasida boʻlib oʻtdi. Shuni alohida aytib oʻtish joizki, bugungi darsga "Spiker" notiqlik maktabi rahbari Ikram Xudoybergenov o‘z shogirdlari bilan , "Notiqlik sanʼati akademiyasi" mutaxassisi Sattarov Sardor, ekspert sifatida oʻqituvchilaridan Toʻrayeva Zilola va Yoʻldasheva Manzuralar ham ishtirok etishdi. Bu jarayon albatta talabalarning bahri dilini ochdi va darsga oʻzgacha muhit baxsh etdi. Dars boshlanishi munozara, muzokara haqida boʻlib oʻtdi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozov hamda mehmonlar talabalar oʻrtasidagi bahs - munozarani kuzatishdi va oʻzlarinig fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi.
Soʻngra Ikrom Xudaybergenov soʻzlash va bahs - munozara borasida oʻzlarining 17 ta asosiy maslahatlarini toʻla toʻkis tushuntirib oʻtdi. Darsning eng qiziq va ajoyib pallasi esa monitorda berilgan betartib joylashgan soʻzlarni bir qolibga solib, hikmatli soʻzning asliyatini tiklash hamda uning maʼno - magʻzini chaqib olish boʻldi. Bunda har bir zukko talaba shijoat ila harakat qildi. Keyin esa mehmon sifatida tashrif buyurgan oʻqituvchi Toʻrayeva Zilola oʻz tarjimai holi bilan talabalarga oʻzlarini tanishtirdilar. Auditoriyada mujassam boʻlgan kuzatuvchilar oʻz fikr va bayonotlarini bildirishdi. Dars mashgʻuloti har kungidan motivatsiyaga, emotsiyaga boy tarzda oʻtdi. Talabalar bundan mamnun boʻlishdi. Fursatdan foydalanib darsni tashkil qilib bergan universitet rektori Bahodir Suyunovichga va ustoz R. Jumaniyozovga hamda vaqtlarini ayamasdan darsga tashrif buyurgan oʻqituvchi, spikerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti
Universitet matbuot xizmat