TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2023

Mazmundor matn mantiqqa quriladi

Joriy yilning 2-may sanasida  roppa-rosa soat 13:30 da navbatdagi "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Ustoz Rahimboy Jumaniyozovning viloyatlarga boʻlgan tashrifi hamda Referendum tugaganligi uchun darslar anʼanaviy tarzda o’tkazib turilgandi. Dastavval, yangi mavzuni boshlashdan oldin tinglovchilar uy vazifalarini topshirishdi. Garchi aksariyat tinglovchilar "IREG 2023" konferensiyasida boʻlishsada qolganlar darsga ishtirok etishdi.

Soʻng "Spin" oʻyini orqali tinglovchilar oʻzlari tanlagan soʻzlarning maʼnodoshlarini topib, gap ichida qoʻllash mashqini qilishdi. Har kim oʻzi tuzgan gaplarni oʻqib chiqdi. Bunda ularning oʻqish jarayonlari yozib audio visual imkoniyatdan foydalanilgan holda diktofon orqali yozib olindi hamda xato va kamchiliklar toʻgʻrilandi. Soʻzlarni gap ichida mazmunli qoʻllab sermazmun matn tuzgan tinglovchilar taqdirlandi. Keyin esa tinglovchilar "Jonga emas, molga kelsin" deb nomlangan hikoya bilan tanishib chiqishdi.

Hikoyaning mazmunini tahlil qilishdi, bahs yuritishdi. Hikoyaning tub mazmuni insonning manfaatlari, ustunliklari, oʻzini oʻylashi haqida edi. Har bir tinglovchi talaba oʻz fikrini ochiq bayon qildi. Xulosani esa ustozning oʻzlari aytib, magʻzini chaqishga yordam berdilar. Dars jarayonlari tugallanish arafasida keyingi safar Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining Toshkent kanalidagi "Gap chiqdi" koʻrsatuviga borish reja qilib olindi. Fursatdan foydalanib, darsda faol qatnashgan tinglovchilarga ham jonkuyar ustozimiz Rahimboy Jumaniyozovga tashakkur bildiramiz.

"Energetika" fakulteti talabasi Shukurullayev Toshpoʻlat

Universitet matbuot xizmati