“MAVZU”dagi mavzu
17 - may kuni "O'zteleradio" kompaniyaning "O'zbekiston tarixi" telekanalining "Mavzu" ko'rsatuvida "Gumanitar fanlar" kafedrasining mudiri, tarix fanlari doktori Sh.M. O'ljayeva Temuriylar davridagi ikkinchi Renessans va uning bugungi uchinchi Renessans uning mantiqiy davomi ekanligi haqidagi tahlillari bilan ishtirok etdi.
Ko'rsatuvda Amir Temur va temuriylarning jahon tarixida tutgan o'rni va roli, ikkinchi Renessansning paydo bo'lishi, rivojlanishi, uning jahon tarixiga ko'rsatgan ijobiy ta'siri va bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyati haqida to'xtalib o'tildi. Ko'rsatuvda Temuriylar davridagi ulkan merosning bugungi kundagi turizm va xalqaro munosabatlarning rivojlanishiga ko'rsatayotgan ta'siri, umuman barcha sohalarda qo'lga kiritilgan yutuqlar haqida atroflicha to'xtab o'tildi.
Ikkinchi Renessans davrida qo'lga kiritilgan ulkan merosdan bugungi kunda ijodiy foydalanish masalalari ham tahlil qilindi.
Universitet matbuot xizmati