Matematikaning maktabdagi mavqei
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 2-aprelda o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan vazifalar katta ahamiyatga ega.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida "TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori tomonidan tasdiqlangan reja asosida Piskent tumanida joylashgan 20 va 21-maktablarda "Yer resurslarini boshqarish” fakulteti "Oliy matematika" kafedrasi professor-o‘qituvchilari dastlabki tashrifi 2022 - yil 15 -aprel kuni amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida dastlab maktab direktori va maktab pedagogik jamoasi bilan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbatlari o‘tkazildi. Shundan so‘ng hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yilning aprel va may oylarida amalga oshiriladigan tadbirlarini yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.
Oliy matematika kafedrasi mudiri F.Turayev axboroti
Universitet matbuot xizmati