Matbuot xabari
2022 yil 19-may kuni “Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) Germaniyaning Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti loyihasi asoschilari ko’magida VEGERA “”Agroo’rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish” Gibrid shaklidagi davra suhbati bo’lib o’tdi. Tantanali ochilish marosimi “TIQXMMI” MTU rektori prof. B.S.Mirzayevning kirish so’zlari bilan boshlandi. U o’zining kirish nutqida universitetda bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxasisliklari turkumini kengaytirish maqsadida O’zbekistonda yog’och materiallarini qayta ishlash va ulardan unumli foydalanish haqida ma’lumot berdilar. Rektor, shuningdek, yuqoridagi loyixa bizning milliy islohotlarimiz talablariga javob berishini va loyihalardan orttirilgan tajribani hayotga tatbiq etish oliy o’quv yurtlarida sifatli ta’limni oshirishga yordam berishini aytib o’tdi.
Uchrashuvda Germaniyaning Ebersvalde barqaror rivojlantirish universitetidan professor Dr. Martin Velp, O’zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, Tarmoq korxonalarida innovasion ekotizimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i S.A.Berdiyev, O’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor A.X.Xamzayev, "TIQXMMI" milliy tadqiqot universiteti dosenti v.b G.E.Eshchanova, "E’tiqod" MChJ Mebel korxonasi ta’sischisi A.X.Qosimov, Jahon Agroo’rmonchilik Markazi, Jahon Agroo’rmonho’jaligi tashkiloti direktori Dr. Javed Rizvi, Germaniyaning Berlin Texnika Universiteti professor, Dr. Eyke Rosvag-Klinge, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri, dosent A.Sh.Xuseynov, Toshkent Arxitektura va Qurilish insituti o’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi mudiri professori Z.M.Sattorov va t.f.n, dosenti I.Siddiqov hamda universitetimiz professor-o’qituvchilari, talabalari ishtirok etdi.
Rektor o’z nutqidan so’ng mehmonlarlar va loyiha ishtirokchilarini tanishtirdi. Ochilish marosimida
- O’zbekistonda o’rmonchilik soxasini rivojlantirish yo’nalishlari - O’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich O’zbekistonda o’rmonchilik soxasini rivojlantirish yo’nalishlari - O’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot instituti direktori, professor Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich VEGERA loyihasi doirasida universitetning ilk qadamlari - TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti dosent Eshchanova Go’zal Yerkinovna; “E’tiqod” MChJ Mebel korxonasi ta’sischisi Qosimov Abdug’ani Xabirovich;
- VEGERA xalqaro loyihasini tanishtirish - Germaniyaning Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti, Professor, Dr. Martin Wyelp va loyiha koordinatori Dilfuza Yuldasheva;
- Agro o’rmon xo’jaligi mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari -Jahon Agro o’rmonchilik Markazi direktori Dr. Javed Rizvi;
- Berlin texnika universiteti qoshidagi tabiiy qurilish laboratoriyasi Germaniyaning (TU Berlin) Berlin Texnika Universiteti Professor, Dr. EykeRosvag-Klinge;
- O’zbekistonda yog’ochsozlik va mebelsozlik texnologiyasini istiqbolli rejalari - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Xusenov Arslonnazar Shernazarovich;
- Yangi O’zbekiston sharoitida yenergiya va resurs tejamkor zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqish sanoatining rivojlanishi - Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi professori Sattorov Zafar Murodovich;
- Teraklardan qurilishda foydalanish imkoniyatlari - Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi dosenti, t.f.n. Siddiqov Ikromjon Iminjonovich loyihasi doirasida universitetning ilk qadamlari - TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti dosent Eshchanova Go’zal Yerkinovna; “E’tiqod” MChJ Mebel korxonasi ta’sischisi Qosimov Abdug’ani Xabirovich;
- VEGERA xalqaro loyihasini tanishtirish - Germaniyaning Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti, Professor, Dr. Martin Wyelp va loyiha koordinatori Dilfuza Yuldasheva;
- Agro o’rmon xo’jaligi mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari - (ICRAF) Jahon Agro o’rmonchilik Markazi, Osiyo Idora direktori Dr. Javed Rizvi;
- Berlin texnika universiteti qoshidagi tabiiy qurilish laboratoriyasi Germaniyaning Berlin Texnika Universiteti Professor, Dr. Eyke Rosvag-Klinge;
- O’zbekistonda yog’ochsozlik va mebelsozlik texnologiyasini istiqbolli rejalari - Toshkent kimyo-texnologiya instituti Sellyuloza va yog’ochsozlik texnologiyasi kafedrasi mudiri, kimyo fanlari doktori Xusenov Arslonnazar Shernazarovich;
- Yangi O’zbekiston sharoitida yenergiya va resurs tejamkor zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqish sanoatining rivojlanishi - Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti, O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i, Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi professori Sattorov Zafar Murodovich;
- Teraklardan qurilishda foydalanish imkoniyatlari - Toshkent Arxitektura va Qurilish Instituti Qurilish materiallari va kimyo kafedrasi dosenti, t.f.n. Siddiqov Ikromjon Iminjonovichlar o’zlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Savol-javoblar davomida mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlashning ahamiyati, o’qitish tizimini yanada modernizasiyalash va ta’limga ilg’or texnologiyalarni joriy etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Bugungi tadbir VEGERA ”Agroo’rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish” loyihasining ilk muzokarasi hisoblanadi.
Ushbu tadbir Germaniyaning Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikda, Halqaro Iqlim Tashabbusi- Medium Grantlari dasturining Qurilish sohasida energiya samaradorligi yo’nalishida e’lon qilingan tanlovda universitetimiz yetakchi ta’lim muassasasi sifatida qo’lga kiritgan halqaro loyihasi doirasida bo’lib o’tmoqda.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad VEGERA loyihasi doirasida akademik, professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va mutaxassislar ishtirokida agroo’rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolari bo’yicha oliy ta’lim muassasalarining xalqarolashuvini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlik va tajribalar almashinuvini tashkil etishdan iborat bo’lib, tadbirda qurilishda ishlatiladigan xom-ashyo materiallari bo’yicha Germaniya universitetlarining yetakchi olimlari bilan bir qatorda soha mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Bugungi muloqot shaklidagi tadbirning maqsadi VEGERA loyihasini tegishli manfaatdor tomonlar va keng jamoatchilikka taqdim etish va qurilish sohasidagi keng imkoniyatlarni muhokama qilishga qaratilgandir.
Loyiha Xalqaro iqlim tashabbusining dasturining bir qismi hisoblanib, Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal vazirligi Germaniya Bundestagi tomonidan qabul qilingan qaror asosida moliyalashtirilmoqda. Tadbirda to’plangan boy tajriba O’zbekistonda loyiha sohalari bo’yicha ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga milliy va halqaro darajadagi islohotlarning uyg’unlashishiga ko’mak berishiga ishonamiz.