TIQXMMI yangiliklari

img
24.11.2022

Matbuot kotiblarining talablari tinglandi

                Kecha soat 15.00 da ZOOM dasturi orqali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi, Axborot xizmati rahbari Mo‘min Ma’murjonovich Ibodov rahbarligida videoyig‘ilish o‘tkazildi. Unda barcha oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari o‘z muammolari va ehtiyojlari haqida so‘z yuritishdi. Ayrim OTM matbuot xizmatida 8 ta shtat birligida xodimlar bo‘lsa ba’zilarida faqat bittagina xodim ishlayotgani e’tirof etildi. Matbuot kotibining oylik maoshi 1 million 900 ming so‘m ekani ba’zi ta’lim muassasalarida ularga ellik, yuz foiz ustama haq to‘lanayotgani, hatto ayrim ta’lim dargohlarida matbuot kotibiga 200 foiz ustama haq berilayotgani haqida so‘z ketdi. Shuningdek, ba’zilari moddiy texnik baza - fotoapparat, videokamera, planshet, diktofon va mikrofonlar bilan ta’minlanmagani ta’kidlandi. Onlayn dasturda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ham mas’ul vakil sifatida Otabek Mahkamovning ishtiroki katta ahamiyat kasb etdi. U o‘z so‘zida qayd etilgan muammolar tez orada o‘z yechimini topishini ta’kidlab o‘tdi.

                     Universitet matbuot xizmati