Mas’uliyatli uchrashuv
Bugun davlatimiz rahbarining "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-92-son qarori yuzasidan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga biriktirilgan mahallalar ya’ni, Mirzo Ulug‘bek tumani mahallalardagi Yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat boshlagan yosh kadrlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
O‘zaro ochiq muloqot, mahalladagi yoshlar yetakchilari uchun juda katta mahorat darsi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R. Choriyev hamkorlikda ishlashni va maqsadlarimiz bir tomon yo‘nalganini aytib o‘tdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha birma-bir to‘xtalib tushunchalar berdi. Kelgusidagi rejalar to‘g‘risida yo‘l xaritalari va loyihalar mahalladagi yetakchilarga yetkazildi. Uchrashuv davomida Fakultet dekan o‘rinbosarlari o‘zlariga biriktirilgan mahalla yetakchilarini fakultetlardagi muhit va rejalar bilan tanishtirdi.
Universitet yoshlar yetakchisi D. Rasulov hamkorlikdagi rejalar, qolaversa, universitetdagi barcha tanlov va loyihalarda mahalladagi yoshlarni ham faol bo‘lishga chaqirdi. Berilgan fikrlar, qilingan rejalar asnosida o‘z fikri bilan mahalla yetakchilari ham universitetimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini aytib o‘tdi.
Universitet matbuot xizmati