Mas'uliyat - majburiyat eshigi
Universitrtimizning "Turon bank" xonasida fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, psixolog, matbuot kotibi, tyutorlar, Talabalar turar joylari mas'ullari va boshqa mutasaddilari ishtirokida universitet prorektori Ruzimurat Choriyev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalardan biri yotoqxona va ijarada turgan talabalarning yashash sharoiti va ularga biriktirilgan tyutorlarning vazifalari va mas'uliyati borasida so‘z yuritildi. Ijara tizimi bo‘yicha mas'ullarga vazifalar berildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi tomonidan tartib-intizom masalalariga biriktirilgan militsiya mayori Afzal Ubaydullayev ham tadbirda ishtirok etdi. Ular zimmasiga ham o‘z kasbi nuqtai nazaridan vazifalar yuklandi. Talabalar orasida biron bir noxush hodisalar sodir bo‘lsa, zudlik bilan A. Ubaydullayevga qo‘ng‘ioq qilishi zarurligi uqtirildi.
So‘ngra mayor A. Ubaydullayev o‘zini tanishtirib birgalikda ishlash, hamkorlikda ish olib borish masalasi muhim ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Bu universitetimizning sha'ni va nufuzi uchun nihoyatda zarur ekanligini uqtirdi. Ikkinchi masala sifatida - talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va to‘garaklarga jalb etishga to‘xtalindi. R. Choriyev sport va notiqlik mahorati to‘garaklarini tashkillashtirishda tyutorlarga qat'iy va aniq vazifalarni ko‘ndalang qo‘ydi.
Ma'naviyat kengashini oyda bir marta yig‘ib ish jarayonining qanday borayotganini suishtirish, hisobotlarni eshitish masalasi bo‘lim boshlig‘i Z.Haydarov zimmasiga yuklandi. Chin yetim va nogironlarga yordam ko‘rsatish uzluksiz ravishda bo‘lishi ta'kidlandi. Talabalarning iqtidorlilarini saralash va Samarqandga sayohat uyushtirish masalasi ham aytildi. Talabalar sardorlariga ham jiddiy va mas'uliyatli vazifalar qo‘yildi. Maqsad talabalarning intizomi va faolligini oshirish ekani e'tirof etildi hamda mavzu bo‘yicha taklif va istaklar eshitildi.
Universitet matbuot xizmati