Markaziy Osiyoda yashil energetikaga oʻtish istiqbollari o’quv yig’nida ishtirok
Joriy yilning 21-27 avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi, “Qazaq Green” Assotsiatsiyasi, USAIDning Markaziy Osiyodagi tashkiloti va Qozoq Nemis Universiteti hamkorligida “Renewable Energy Trip 2023” mavzusidagi yosh tadqiqotchilar uchun tashkil etilgan ilmiy o‘quv safarida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti Sardorbek Xoshimov ishtirok etib qaytdi.
Mazkur ilmiy o‘quv safarining maqsadi Markaziy Osiyoda yashil energiyaga oʻtish va qayta tiklanadigan energiyaning rivojlanish istiqbollari, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining samaradorligi va strategik boshqarish”, Markaziy Osiyoda barqaror energiya almashinuvi, imkoniyatlar va muammolariga bag‘ishlangan.
Ushbu safar davomida Qozog‘iston Respublikasidagi Almata - Konayev - Korday - Taraz - Burnoye, Astana - Nura - Saran - Karaganda - Yereymentau - Kostomar shaxarlarida joylashgan Gidroelektro stansiya (GES), Issiqlik elektor stansiyasi (IES), Quyosh elektor stansiyasi va Shamol elektor stansiyasilariga tashriflar amalga oshirildi.
Ilmiy o‘quv safarining yakunida Markaziy Osiyoda davlatlaridan tashrif buyurgan 20 dan ziyod yosh tadqiqotchilar yashil energiyaga oʻtish va qayta tiklanadigan energiyaning rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida tashkil etilgan davra suhbatlarida faol ishtirok etdilar.
Universitet matbuot xizmati