Markaziy Osiyoda suv va iqlim o‘zgarishi muammolari, yechimlari mutaxassis talqinida
Joriy yilning 24-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani professor A.Fatxulloyev taklifi bilan Germaniyaning Potsdam shaxridagi GFZ yer tadqiqoti markazi ilmiy tadqiqotchi A.Gafurov ishtirokida “G” bino 111-o‘quv xonasida seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Gidrologiya (Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) ta’lim yo‘nalishi 2,3,4 - bosqich bakalavriat talabalari ishtirok etdilar.
Doktor A.Gafurov tomonidan olib borilgan trening ikki bosqichda tashkil etildi:
Birinchi bosqichda O‘rta Osiyo muzliklarining dinamikasi haqida ma’lumot berildi va Markaziy Osiyoda global iqlim o‘zgarishi va yaqin kelajakdagi suv muommolari hamda yechimlari to‘g‘risida takliflar berilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda A.Gafurov tomonidan zamonaviy MODSNOW dasturidan foydalanish va uning amaliyotda qo’llanilishi, uni ishlatish qoidalari qaysi davlatlar bugungi kunda ushbu dasturdan foydalinalayotganligi dastur asosida berilgan hisob kitoblarning qanchalik ishopnchliligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Trening davomida Gidromelioratsiya dekani professor A.Fatxulloyev gidrologiya va gidrogeologiya kafedra dotsenti D.Nazaraliyev, shu kafedra kata o‘qituvchisi S.Qodirov va ishtirokchi ta’labalar tomonidan ko’plab savollar berildi shu jumladan bugungi kundagi dolzarb bo’lgan global iqlim o‘zgarishidagi tog‘ muzliklari erishi, uning oqibatlari va Avg‘onistonda barpo etilayotgan “Qo‘sh tepa” kanalini O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga bo‘ladigan salbiy ta’sirlar xaqida ham to‘xtalib o‘tildi. Takidlash joizki trening qiziqarli baxs va munozaralarga boy bo’lildi. Trening yakunida MODSNOW (Daryolar qor zahiralarni miqdoriy baholash) dasturini fakultet o‘quv jarayonida foydalanish uchun o‘rnatilishiga kelishib olindi.