TIQXMMI yangiliklari

img
11.06.2024

Ma'rifatli qizlar- kelajak bunyodkorlari

Joriy yilning 8- iyun kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da "Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda -ilm ma'rifatni o'rni" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Talaba qizlarimizni sog'liqlari, o‘quv yilini yakuni haqida, kayfiyatlari to'g'risida suhbatlashildi.

Aqlli ayollar kelajak bunyodkorlaridir. Ayol borliqning ko'zidir. Uning go'zalligi dunyoni yoritadi. Chunki uning niyati pok, u pokdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, xotin-qizlarga g‘amxo‘rlik qilgan yurtning kelajagi porloq, deyiladi. Bu o‘xshatishni Vatanimizga, uning muloyim va ziyoli o‘zbek ayollariga bog‘lasak, xato bo‘lmaydi. Ayol nafaqat ona, balki yaxshi ustoz, ishda ham, uy ishlarida ham muvaffaqiyat qozonadigan hurmatli insondir. Uning yorqin fazilati - ayol-akademik, ayol-senator, ayol-gubernator, ayol-olim, ayol-texnik,  ayol-ona.

Shunday ekan bo'lajak onalarimiz, qizlarimizni ilm- ma'rifatli bo'lishlarini ta'minlash muhim omil ekanini tushuntirdilar. Shu bilan bir qatorda, o'zbekona muomala odobini o'zlashtirish qiz bolaning ko'rki sanaladi deb takidladilar. Shundan so'ng qizlarimiz bilan birgalikda xamirli taomlar tayyorlashga kirishdilar. Qizlarimiz xush kayfiyatda, mehr bilan taomlar tayyorladilar. Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati