E'lonlar

13.05.2023

Mardonov Shuxrat Numonjonovichning fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi to’g’risida

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy Kengashning 2023-yil 19-may soat 1500 dagi navbatdagi yigʼilishi

KUN TARTIBI:

Mardonov Shuxrat Numonjonovichning 01.04.02- “Nazariy fizika” ixtisosligi boyicha “Boze-Eynshteyn kondensatlarida nochiziqli dinamikalar, polaronlar va oʼz-oʼzini tashkil etish mexanizmlari” mavzusida fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy maslahatchilar:

Ahmedov Bobomurat Jurayevich,

fizika-matematika fanlari doktori, professor

O’zR FA Astronomiya instituti, Toshkent

 

Yevgeniy Ya. Sherman,

fizika-matematika fanlari doktori, professor

Basklar Mamlakati universiteti, Bilbao, Ispaniya.

Rasmiy opponentlar:

Nakamura Katsuhiro,

fizika-matematika fanlari doktori, professor,

O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent.

 

Abishev Medeu Yerjanovich,

fizika-matematika fanlari doktori, professor

Qozog’iston Respublikasi Milliy Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi,

Al-Farobiy nomidagi Qozog’iston Milliy universiteti, Olmaota

 

Razzokov Jamoliddin Inotullayevich,

fizika-matematika fanlari doktori,

Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti, Toshkent

Yetakchi tashkilot:

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitety