TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2022

Mantiqsiz nutq - bug'doysiz boshoq

Joriy yilning 15-dekabr Payshanba kuni soat 13:30 da "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti "B" binoning "Turon bank" xonasida boʻlib oʻtdi. Darsning asosiy mavzusi "Nutqning mantiqiyligi" boʻldi. Bunda "Takliflar izchil bo'lishi kerak. Odatda, odam ma'lum bir mavzu haqida o'z fikrlarini baham ko'radi, lekin keyin boshqa narsani eslab, boshqa mavzularga o'tib ketadi va butunlay boshqa narsa haqida gapira boshlaydi. Bunday xatti-harakatlar salbiy mohiyat kasb etadi.  Nutqning kommunikativ turi sifatida mantiqiyligi muhim o‘rin tutadi. Notiq, nutq va mantiq bir o‘zakdan yasalgan so‘zlar bo‘lib, u o‘zaro chambarchas bog‘langan. "Mantiqsiz nutq bamisoli bug‘doysiz boshoq, puch yong‘oqqa o‘xshaydi," - deydilar ustoz Rahimboy Jumaniyozov. Darhaqiqat, ustoz talabalalarga og‘zaki nutq bilan birga yozma nutq, xususan, maqolani qanday silliq yozish, qay tarzda qogʻozga tushirish kerakligi, uning kompozitsion usullari haqida maʼlumot berib oʻtdilar.

       Dars davomida ustozni fikrlarini inobatga olgan talabalar sochilib ketgan harflarni yigʻib, soʻz yasashdi. Maʼno va mazmun jihatidan xatolik kasb etadigan jumlalarni qolibga solib gaplar tuzishdi. Sirdaryolik talaba tomonidan "Vatan" mavzusiga keng taʼrif berib oʻtildi. Talaba soʻzini oxirini juda chiroyli tarzda oʻqilgan sheʼr bilan tugatdi. Jarayon esa ustoz tomonidan videoga olindi. Bu keyingi galgi darsda tahlil etilishi aytib o‘tildi. nima uchun? Faol ishtirok etgan talabalar ragʻbat kartochkasiga ega bo‘lishdi.

"QSXET" fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

             Universitet matbuot xizmati