TIQXMMI yangiliklari

img
22.01.2022

Mangulik muhri

Mangulikka muhrlanish yetuk iste'dod, noyob qobiliyat bilan, muhrlash esa olihimmatlilik bilan ekani haq. Adiblar xiyoboniga tashrif buyurgan har bir inson shu fikrga amin bo‘ladi. Bu ma'naviyat va ma'rifatni muqaddas tutgan qalbning shijoati, himmati va marhamati bilan bog‘liq. "Adiblar xiyoboni" nomli kitob-albom ham xuddi shu fazilatlarning mahsuli, aytish mumkinki, mevasidir. Bugun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining katta zalida xuddi shu kitob-albomning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



Unda uyushma rahbari Sirojiddin Said, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Nodir Jonuzoqlar tadbirning va albomning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi. Tadbirda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti nomidan prorektor Ruzimurat Choriyev boshchiligida bir guruh tyutorlar, magistrant va doktorantlar tashrif buyurishdi. Abdulla Oripov ijodi va hayotini o‘rganish borasidagi "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida amalga oshirilgan tadbirlar xususida R.Choiyev m'alumot bera turib, ushbu kitob-albomning taqdimotini bizning ta'lim muassasamizda o‘tkazsak degan taklifni o‘rtaga tashladi. Jumladan, ushbu albomning taqdimoti barcha ta'lim dargohlari va jamoa korxonalarida o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi e'tirof etildi. Bu esa mangulikning muhri sifatida katta qiymatga ega.



"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati