TIQXMMI yangiliklari

img
01.12.2022

Manguga muhrlangan shoir

             Atoqli adiblar, shoirlar xotirasiga atab bunyod etilgan "Adiblar xiyoboni"ga Oliy ta'lim muassasasi talabalari, xodimlarining borishi hamda adabiy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish an'anaga aylanib ulgirgan. Ana shunday ajoyib an'anani davom ettirgan holda "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti "Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti" fakulteti 1-bosqich talabalari, ularning tyutorlari Abdullayev B., Xudoynazarova D., Nuraliyeva Z., Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Buxarov I.lar "Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi tarixi" muzeyiga tashrif buyurishdi. Ochiq chehra bilan barchani kutib olgan muzey mudirasi Ramazonova Munira G’ulomjonovna muzey haqida to’liq ma’lumot berdilar hamda o’zbek adabiyoti tarixida jadidchilik davridan boshlab mustaqillik yillari o’zbek adabiyoti olamining mashhur vakillari hayoti va ijod yo’llarini so’zlab berdilar.

          Talabalar anchagina qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar hamda ular tomonidan berilgan savollarga Munira G’ulomjonovna batafsil javob berdi. Muzeyda O’zbekiston qahramonlariga ham alohida burchak tashkil etilganligi O’zbek zaminida qalam tebratgan adiblar, shoirlar, olimlar , umuman aytganda ijodkor ahliga bo’lgan yuksak hurmat va boqiy xotiraning ramzi deyishimiz mumkin. 104-guruh talabasi Toshmatov Javohir, Bo'riboyev Rasul 102-guruh, 108-guruh talabasi Xolmatov Javohirlar shoir Abdulla Oripov she'rlaridan namunalar o'qidilar. "Adiblar xiyoboni"da qo'lida kitob ushlagancha olislarga nigoh qadagan shoir haykali qoshida jam bo'lib, she'rlar she'rga ulandi. Fakultetimiz yoshlarida muzey hamda xiyobon sayohati yaxshi taassurot qoldirdi. Ularning bo’sh vaqti mazmunli o’tganligidan barcha xursand, zero qimmatbaho vaqtni to’g’ri taqsim qilmoqlik ham oqillikdan dalolatdir.

 

"QSXET " fakulteti tyutorlari

Universitet matbuot xizmati