Manfaatli muloqot
Ta’lim tizimini demokratik va bozor islohotlariga muvofiqligini ta’minlash, ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish va rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi “Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirishni va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 48-son qarori ijrosini ta’minlash muhim vazifalarimizdandir.
Xuddi shu maqsadda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori tashabbusi bilan universitet “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i M.Xaitov bilan 1-kurs faol talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti
Universiteti matbuot xizmati