TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2022

Manaviyat -  insoniy go'zallikdir

Hayot haqiqati shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha bilim va tajribalar, so´z, tushuncha, tasavvur hamda xulosalar inson faoliyati bilan bogliq holda vujudga keladi. Jahonda shunday bir buyuk tushuncha borki, toki odamzodning ongli hayoti mavjud ekan, u hech qachon zavol bilmaydi. Shuning uchun uni o´ta noyob — fenomenal hodisa deb ataymiz. Bu — soglom fikrlaydigan, ezgu orzu-umidlar bilan yashaydigan insonlar va jamiyat tomonidan qadrlanuvchi ma’naviyatdir

«Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish» fakultetida "Ma'naviyat - insoniy go'zallikdir” mavzusi ostida kiyinish madaniyati to'g'risida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'lishda fakultet dekani R.Hakimov,dekan maslahatchisi R. Kodirova va fakultet ayol professor- o'qituvchi va xodimlari qatnashdilar.

Kiyinish madaniyati — insonning tashqi qiyofasi, shuningdek, ma’naviy dunyosi, estetik didi, axloqiy sifatlari va aqliy salohiyatini ifoda etadi. Ko´hna bitiklarda kiyim bilim, did, farosat, uyat kabi insoniy fazilatlar bilan bogliq holda talqin etilgan. Kiyim — inson madaniy darajasining asosiy belgilaridan biridir. Kiyinish madaniyati insonning go´zallik, nafosat, odob borasidagi qarashlarini aks ettiradi.

Kishining qiyofasi, kiyim-boshi u haqda faqat yaxshi taassurot qoldirishi kerak. Kiyinish madaniyati kishining didini bildiradi.

Talabalarga soglom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, qadriyatlar va umuminsoniy fazilatlarga xos holda tarbiya berish, o´quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida  Universitetimiz Kengashi tomonidan 2021-yil 25-dekabrda ODOB-AXLOQ KODEKSI qabul qilindi.  Unda aynan o´quvchi kiyinishi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu kodeksda biz pedagoglar oldida turgan asosiy vazifa talabalarga ta’lim berish bilan birga talaba yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot taqdidlaridan himoya qilish, ularda goyaviy immunitetni shakllantirish va eng asosiysi ajdodlarimizga munosib avlod qilib tarbiyalash ekanligi alohida ta’kidlab o´tildi.

Universitet matbuot xizmati