Malayziyaning Terengganu universiteti delegatsiyasi tashrifi
Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilxam Tua bin Illias va Malayziyaning Terengganu universiteti rektori professor, akademik Mazlan ibn Abdig‘affar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida shuningdek, o‘quv va xalqaro ishlari bo‘yicha prorektor prof.Zamri Bin Ibraxim, universitet boshqaruv kengashi a’zosi akademik Din Adam, Malayziya dengizchilik akademiyasi rahbari prof. Xamdam Bin Suxaymi, STYeM jamg‘armasi rahbari, dotsent Layli Binti Xaji Che Rouz, Okean muhandislik texnologiyasi va informatikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zayniddin Eshquvvatov, Ingliz tili o‘qituvchisi Rayxana Bin Romli "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurishdi.
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetidan uchrashuvda universitet rektori, prof.B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Salohiddinov, Iqtisodiyot fakulteti dekani U.Alimov, ushbu fakultet professori R.Xakimov, dotsent A.Tulabayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida mehmonlarga universitetda amalga oshirilayotgan o‘quv va ilmiy ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘ngra, Malayziya tomoni Terengganu universitet to‘g‘risida videorolik va taqdimot qilishdi. Malayziyaning elchisi Ilxam Tua bin Illias O‘zbekistonliklar ko‘plab talabalarni Malayziyaning universitetlariga yuborayotganligi, hamda ularning ota-onalari ham tashrif buyurayotganligi haqida ma’lumot berdi. Ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim va muqobil energiya sohalarida hamkorlik qilish manfaatli bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish va uning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Jumladan, suv osti ozuqabop o‘simliklar, muqobil energiya manbalari, va axborot texnologiyalar bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv so‘nggida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ikki universitet o‘rtasida anglashiluv memorandum tantanali ravishda imzolandi. Ushbu memorandum asosida ikki universitet o‘rtasida professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, hamkorlikda maqolalar chop etish, ilmiy seminar va konferensiya tashkil etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.