Malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash davr talabi
Suv xojaligi sohasi uchun malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, talim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari ortasidagi ozaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalar ornatish, talim va ishlab chiqarish integretsiyasini joriy qilishni kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish davr talabidir. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 10.12.2021 yildagi PQ-42-son Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosini taminlash maqsadida Gidravlika va gidroinformatika kafedrasi professor-oqituvchilari, doktorantlar va magistrantlar joriy yilning 25-fevral kuni Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. Tashrifdan kozlangan asosiy maqsad 70530804-Gidravlika va muxandislik gidrologiyasi magistratura mutaxasissligining malaka talabi, oquv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va silabuslar mavzularining zamon talablariga mosligini, mazmun-mohiyatini muhokama etish boldi.
Yigilishda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutidan t.f.d., professor. E.Maxmudov, t.f.d., professor. S.Xudoyqulov, t.f.d., professor. M.Ikromova, PhD. U.Sadiyev, PhD. M.Saidov, PhD. O.Jovliyev va institut doktorantlari ishtirok etishdi. Davra suhbati avvalida kafedra mudiri t.f.d., prof. A.M.Arifjanov magistratura mutaxassisligining malaka talabi, oquv rejasidagi majburiy va tanlov fanlari, fan dasturi va silabuslar mavzulari boyicha tahliliy taqdimotni yigilish ishtirokchilariga namoyish etdi. Professor E.Maxmudov sozga chiqib suv xojaligi sohasi uchun malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, talim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari ortasidagi ozaro hamkorlikni rivojlantirish, tashkilotlar bilan aloqalar ornatish, talim va ishlab chiqarish integratsiyasini joriy qilishni kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish boyicha keng qamrovdagi davra suhbati bolganligini aytib "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi jamoasiga tashakkur bildirdi. Yigilishdan song Gidravlika va gidroinformatika kafedra jamoasi uchun «Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti» laboratoriyasiga ekskursiya tashkil etildi.
Universitet matbuot xizmati